2025-yil 3-mart kuni INNO Innovatsion O'quv-Ishlab Chiqarish Texnoparkida zamonaviy biotexnologiya laboratoriyasi rasman foydalanishga topshirildi.
Laboratoriya 450 kvadrat metr maydonni egallaydi va eng zamonaviy ilmiy-tadqiqot jihozlari bilan ta'minlangan.
Hozirda laboratoriyadan BioInno Lab, MedDevice UZ va PharmaTech UZ rezidentlari foydalanmoqda.
Loyiha Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko'magida amalga oshirildi.